To‘rtta o‘quvchimiz muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Joriy yilning 14 aprel kuni Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetining Toshkent filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida rus tili fanidan Gubkin fan olimpiadasi o‘tkazilgan edi.

Unda 4 nafar o‘quvchimiz yuqori natijalarga erishib, munosib rag’batlantirildi.

Nukus shahri 32-sonli maktab o‘quvchisi Ibrayimova Ulzada;

Nukus shahri 4-sonli maktab o‘quvchisi Duzelbaeva Kamila;

Nukus shahri 37-maktab o‘quvchisi Atashov Ulug’bek;

Qo‘ng’irot tumani 37-sonli maktabning o‘quvchisi Amangeldieva Aliya.

Ushbu o‘quvchilarimiz Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetining Toshkent filialiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi.